SURXONDARYO VILOYATI SHAROITIDA G‘O‘ZA KO‘CHAT QALINLIGINING PAXTA HOSILDORLIGIGA TA’SIRI.
Keywords:
G‘o‘za, ko‘chat qalinligi, hosildorlik, paxta hosili, agrotexnik tadbirlar, o‘rta tolali g‘o‘za, ingichka tolali g‘o‘za, Surxondaryo viloyati, o‘simlik rivojlanishi, tuproq-iqlim sharoiti, agrobiologik ko‘rsatkichlar, paxtachilikAbstract
Ushbu maqolada Surxondaryo viloyati sharoitida g‘o‘za navlarining hosildorligini shakllantirishda ko‘chat qalinligining ahamiyati o‘rganilgan. Tadqiqotlarda turli ko‘chat qalinliklarining g‘o‘za o‘simliklarining o‘sishi, rivojlanishi, saqlanib qolish darajasi va hosildorligiga ta’siri tahlil qilingan. Olingan natijalar ko‘chat qalinligi ortishi bilan o‘simliklar o‘rtasida raqobat kuchayishi, ayrim hollarda esa ko‘chatlarning nobud bo‘lishi ko‘payishini ko‘rsatdi. Shu bilan birga, maqbul ko‘chat qalinligida parvarishlangan g‘o‘za navlarida o‘sish va rivojlanish jarayonlari me’yorida kechib, yuqori va sifatli paxta hosili shakllanishi aniqlandi. Tadqiqot natijalari g‘o‘za yetishtirishda ko‘chat qalinligini optimallashtirish hosildorlikni oshirishning muhim agrotexnik omillaridan biri ekanligini ko‘rsatadi.