MILLIY URF-ODATLAR VA QADRIYATLAR
Keywords:
milliy urf-odat, qadriyat, an'ana, yoshlar, tarbiya, ma'daniyat, milliylik, madaniy meros, milliy o'zlik, an'anaviy hayot tarzi, milliy libos va taomlar, yoshlar tarbiyasi, o'zbekona tarbiya, vatanparvarlik.Abstract
"Milliy urf-odatlar va qadriyatlar" mavzusi o‘zbek xalqining tarixiy va madaniy hayotining ajralmas qismi bo‘lib, bu an’analar asrlar davomida shakllanib kelgan. Ushbu ishda o‘zbek xalqining turmush tarzida mustahkam o‘rnashgan urf-odatlar — to‘ylar, sunnat marosimlari, Navro‘z, hayit bayramlari, mehmondo‘stlik, katta-kichikka hurmat, qo‘shnichilik kabi qadriyatlar keng yoritiladi. Shuningdek, milliy liboslar, milliy taomlar, xalq og‘zaki ijodi, xalq o‘yinlari va boshqa ko‘rinishdagi madaniy meroslar milliy o‘zlikni anglashda qanday o‘rin tutishi haqida so‘z boradi. Mavzuda yosh avlodni milliy qadriyatlarga sodiq qilib tarbiyalash, globalizatsiya jarayonida ularni asrab-avaylash va zamonaviy jamiyat bilan uyg‘unlashtirish masalalari ham ko‘rib chiqiladi. Urf-odatlarning ijtimoiy hayotdagi roli, ularning jamiyatda birdamlik, o‘zaro hurmat, mehr-oqibat kabi fazilatlarni shakllantirishdagi ahamiyati ta'kidlanadi. Bu qadriyatlar O‘zbekiston mustaqilligi yillarida qayta tiklan Navro‘z, hayit bayramlari, mehmondo‘stlik, katta-kichikka hurmat, qo‘shnichilik kabi qadriyatlar keng yoritiladi. Shuningdek, milliy liboslar, milliy taomlar, xalq og‘zaki ijodi, xalq o‘yinlari va boshqa ko‘rinishdagi madaniy meroslar milliy o‘zlikni anglashda qanday o‘rin tutishi haqida