LALMIKOR TUPROQLARNING UNUMDORLIGINI SAQLASH, OSHIRISH VA MUHOFAZALASHDA YERLARDAN SAMARALI FOYDALANISH.
Keywords:
Lalmikor tuproqlar, tuproq unumdorligi, yer resurslari, tuproq bonitirovkasi, eroziya, qishloq xo‘jaligi, almashlab ekish, tuproq muhofazasi, hosildorlik, korrelyatsion tahlil, agrokimyoviy xossalar, lalmi dehqonchilik, yerlardan samarali foydalanish.Abstract
Mazkur maqolada lalmikor tuproqlarning unumdorligini saqlash, oshirish va muhofazalash masalalari hamda yer resurslaridan samarali foydalanishning ilmiy-amaliy jihatlari yoritilgan. Lalmikor hududlar tuproqlarining unumdorligini baholashda relef, iqlim, tuproqning fizik-kimyoviy xossalari, eroziya darajasi va ekspozitsiya kabi omillarning ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, lalmi tuproqlarni bonitirovka qilish usullari, ularning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligiga ta’siri hamda tuproq unumdorligini baholashda korrelyatsion tahlilning o‘rni ko‘rsatib berilgan. Tadqiqotda tuproq eroziyasining oldini olish, almashlab ekishni joriy etish, ixota daraxtzorlari va ko‘p yillik plantatsiyalar tashkil etish kabi agrotexnik tadbirlarning samaradorligi asoslangan. Natijalar lalmikor yerlarda tuproq unumdorligini tiklash va oshirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini barqaror rivojlantirish hamda yer resurslaridan oqilona foydalanishda muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rsatadi.