AKSIYADORLIK JAMIYATLARIDA KORPORATIV BOSHQARUV SAMARADORLIGINI OSHIRISH MUAMMOLARI VA ULARNING INSTITUTSIONAL YECHIMLARI

Authors

  • Shakirova Gulbaxor Sharipdjanovna Author

Keywords:

aksiyadorlik jamiyatlari, korporativ boshqaruv, institutsional muammolar, kuzatuv kengashi, ichki nazorat tizimi, korporativ shaffoflik, mustaqil audit, investorlar huquqlari, raqamli boshqaruv, boshqaruv samaradorligi.

Abstract

Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni takomillashtirish muammolari va ularning institutsional yechimlari tahlil qilingan. Tadqiqotning asosiy maqsadi korporativ boshqaruv samaradorligiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqot metodologiyasi sifatida tizimli tahlil, taqqoslash, statistik umumlashtirish hamda xalqaro va mahalliy amaliyotlarni qiyosiy o‘rganish usullaridan foydalanildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, aksiyadorlik jamiyatlarida kuzatuv kengashining yetarli darajada mustaqil emasligi, ichki nazorat tizimlarining zaifligi, axborot shaffofligining pastligi va korporativ madaniyatning rivojlanmaganligi boshqaruv samaradorligini pasaytiruvchi asosiy muammolardir. Shuningdek, raqamli boshqaruv tizimlarini joriy etish, mustaqil auditni kuchaytirish va aksiyadorlar bilan kommunikatsiyani rivojlantirish korporativ boshqaruv sifatini oshirishga xizmat qilishi aniqlandi. Tadqiqotning ilmiy ahamiyati korporativ boshqaruv muammolarini tizimli yondashuv asosida tahlil qilishi bilan belgilanadi. Amaliy ahamiyati esa ishlab chiqilgan tavsiyalarning aksiyadorlik jamiyatlarida boshqaruv tizimini takomillashtirish va investitsion muhitni yaxshilashda qo‘llanishi mumkinligi bilan izohlanadi.. 

Downloads

Published

2026-06-20